UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Toshkentda .UZ domenining 30 yilligiga bag‘ishlangan RIPE NCC o‘quv treninglari bo‘lib o‘tdi

2025-yil 30-apreldan boshlab Toshkentda RIPE NCC tomonidan Yagona integrator UZINFOCOM ko‘magida tashkil etilgan o‘quv tadbirlari boshlandi.

02.05.2025

Toshkentda .UZ domenining 30 yilligiga bag‘ishlangan RIPE NCC o‘quv treninglari bo‘lib o‘tdi

Ushbu tashabbus .UZ milliy yuqori darajadagi domenining 30 yillik yubileyiga bag‘ishlangan bo‘lib, internet infratuzilmasi va kiberxavfsizlik sohasidagi texnik ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan.

Dastur uchta asosiy mavzuni qamrab oldi: 

  • RIPE ma’lumotlar bazasini boshqarish 
  • IPv6 tarmoqlarida xavfsizlikni ta’minlash 
  • BGP marshrutlashni himoyalash.

Ishtirokchilar — tizim va tarmoq administratorlari, muhandislar, axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar hamda provayderlar vakillari — RIPE NCC ning zamonaviy vositalarini o‘zlashtirdilar, trafikni filtrlash usullarini va tarmoq barqarorligini oshirishga qaratilgan boshqa yondashuvlarni o‘rgandilar.
Treninglar nazariy mashg‘ulotlar va amaliy topshiriqlarni o‘z ichiga oldi.

Tadbir, shuningdek, O‘zbekistonning IT hamjamiyatida tajriba almashish va professional aloqalarni kengaytirish uchun samarali maydonga aylandi.