UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM qizlar uchun noyob stajirovkani boshlayapti!

Agar Siz IT sohasida faoliyat boshlashni orzu qilsangiz, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Texnologiyalar markazida — aynan UZINFOCOM kompaniyasida tajriba orttirish imkoniyati Sizni kutmoqda!

03.05.2025

UZINFOCOM qizlar uchun noyob stajirovkani boshlayapti!

Stajirovka mutlaqo bepul!

 

  • Ish jadvali: 5/2, oflayn formatda — to‘liq ishtirok va real tajriba!
  • Manzil: IT Park Tashkent markazidagi zamonaviy ofis
  • Davomiyligi: 2,5 oylik intensiv amaliyot.

 

Stajirovka yo‘nalishlari:

 

  1. Frontend (React)
  2. Backend (Java / Python)
  3. QA (testlash)
  4. IT yurist
  5. Biznes-analitik
  6. Data Annotator

 

Sizga nimalar taqdim etiladi:

  • Yetakchi IT kompaniya ish muhitiga sho‘ng‘ish
  • UZINFOCOMning eng muhim loyihalarida haqiqiy tajriba
  • Soha bo‘yicha eng yaxshi mutaxassislardan murabbiylik
  • Networking, rivojlanish va jamoada qolish imkoniyati!

 

Joylar soni cheklangan — imkoniyatni boy bermang!

 

 

Anketani hoziroq to‘ldiring!