Uzinfocom jamoasi — O‘zbekistondagi korrupsiyaga qarshi xakaton g‘olibi
2–4 may kunlari “Yangi O‘zbekiston” universitetida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha respublika xakatoni bo‘lib o‘tdi.

Tadbir tashkilotchilari sifatida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, IT-Park, “NGMK” AJ hamda universitet ishtirok etdi. Butun mamlakatdan 150 ga yaqin yosh IT-mutaxassislar xakatonda qatnashdi.
G‘oliblikni .UZ domeni ma'muriyati xodimlaridan iborat Uzinfocom jamoasi qo‘lga kiritdi. Ularning davlat xaridlari sohasida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga qaratilgan yechimi hay’at tomonidan texnologikligi va amaliy ahamiyati uchun yuqori baholandi.
Mukofot sifatida jamoa esdalik sovg‘alari bilan birga, sentabr oyida Gonkongda bo‘lib o‘tadigan xalqaro “Coding4Integrity” xakatonida O‘zbekiston nomidan ishtirok etish imkoniyatini ham qo‘lga kiritdi.