UzSOC kiberxavfsizlik monitoring markazi Kaspersky laboratoriyasi bilan hamkorlikda UZINFOCOMning bo‘lim boshliqlari va rahbarlari uchun kiberxavfsizlik bo‘yicha KIPS treningini o‘tkazdi.
Trening jamoaviy simulyatsion o‘yin shaklida bo‘lib o‘tdi va unda ishtirokchilar o‘zlarini axborot xavfsizligi mutaxassislari va rahbarlari sifatida sinab ko‘rishdi. O‘yin davomida ular virtual kompaniyani real kiberhujumlardan himoya qilish uchun turli qarorlar qabul qilishdi.