UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

IT Village yangi o‘quv mavsumini boshladi!

31-may kuni Samarqanddagi IT Village majmuasida mahalliy maktablardan kelgan yuzlab o‘quvchilar uchun yangi o‘quv mavsumi boshlandi.

01.06.2025

IT Village yangi o‘quv mavsumini boshladi!

Endi ular zamonaviy IT yo‘nalishlarini bepul o‘rganish imkoniyatiga ega. Yagona integrator UZINFOCOM tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha uzoq hududlardagi maktab o‘quvchilariga sifatli ta’lim berishga qaratilgan.

 

IT Village loyihasi bu yil uchinchi mavsumini boshladi. Shu vaqt ichida 1000 dan ortiq bola dasturlash va ingliz tili bo‘yicha bilim oldi. Bu yil esa dasturning yangi yo‘nalishi — robototexnika ham joriy etiladi.

1-sinfdan 8-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun qulay sharoitlar yaratilgan, jumladan, ularni maktabdan olib kelish (transfer) xizmati ham taqdim etiladi. Bu esa ta’limni yanada qulay va ochiq qiladi.

 

IT Village’ning muvaffaqiyati bu kabi tashabbuslarning butun mamlakat bo‘ylab kengayishiga umid uyg‘otmoqda. Bu yoshlarning IT sohasiga qiziqishini oshirib, malakali mutaxassislarni tayyorlashga zamin yaratadi.