UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Crowe kompaniyasi vakillari, bosh direktor Bernard Delomeni boshchiligida, IT Park Uzbekistan majmuasiga tashrif buyurishdi.

Asosiy e’tibor MyID Palm tizimiga qaratildi.

05.06.2025

Crowe kompaniyasi vakillari, bosh direktor Bernard Delomeni boshchiligida, IT Park Uzbekistan majmuasiga tashrif buyurishdi.

Mehmonlar identifikatsiya jarayonlarini sezilarli darajada soddalashtiruvchi va raqamli xizmatlar xavfsizligini oshiruvchi innovatsion texnologiyalarni yuqori baholadilar hamda ularning mamlakatda raqamli infratuzilmani yanada rivojlantirishdagi muhimligini ta’kidladilar.

Crowe kompaniyasi vakillari raqamlashtirish masalalarini muhokama qilishga qiziqish bildirib, elektron xizmatlar sohasida samaradorlikni oshirish va ularning O‘zbekiston raqamli ekotizimini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasining ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tdilar.