UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM delegatsiyasining Xitoyga safari davomida ikki memorandum imzolandi.

Birinchi memorandum Hubei Yi Chen Construction and Engineering maslahat kompaniyasi bilan tuzildi

09.06.2025

UZINFOCOM delegatsiyasining Xitoyga safari davomida ikki memorandum imzolandi.

Ushbu hamkorlik doirasida kompaniyalar UZINFOCOMning Osiyo bozorlariga kirib borishi bo‘yicha birgalikdagi harakatlarni, shuningdek, Xitoy kompaniyalarining Markaziy Osiyo bozoriga kirishini qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirmoqda.

 

Ikkinchi memorandum Saint Deem Technologies kompaniyasi bilan imzolandi va u kaft venalarini aniqlash texnologiyalarini birgalikda rivojlantirishga qaratilgan. Kompaniyalar texnologiya sohasida chuqur hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilmoqda, bu esa innovatsion yechimlar va tajriba almashish uchun yangi istiqbollarni ochmoqda.

 

Mazkur kelishuvlar UZINFOCOMning xalqaro hamkorlikni kengaytirish va o‘z faoliyatiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga bo‘lgan intilishini ta’kidlaydi.