UZINFOCOM ofisiga Gruziyada asos solingan Loialté xalqaro auditorlik va konsalting kompaniyasi vakillari tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida mehmonlar kompaniyaning davlat xizmatlarini raqamlashtirish va AKT infratuzilmasini rivojlantirish sohasidagi asosiy loyihalari bilan tanishdilar.

Delegatsiya a’zolari, shuningdek, MyID Palm qurilmasi bilan tanishib, uning identifikatsiya jarayonlarini sezilarli darajada soddalashtiruvchi va raqamli xizmatlar xavfsizligini oshiruvchi innovatsion texnologiyalarini yuqori baholadilar. Ular bunday yechimlarning O‘zbekistonda raqamli infratuzilmani yanada rivojlantirish uchun muhimligini ta’kidlab, ushbu sohada ehtimoliy hamkorlikka qiziqish bildirdilar.

