UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

IT Village: Samarqandda iste’dodli o'quvchilarni o‘qitish va rivojlantirish!

IT Village — Samarqand viloyati tog‘larida joylashgan ta’lim markazi

01.07.2025

IT Village: Samarqandda iste’dodli o'quvchilarni o‘qitish va rivojlantirish!

Dastur tarkibiga 3 ta o‘quv yo‘nalishi kiradi: ingliz tili kurslari, dasturlash asoslari va yangi robototexnika moduli. Bu bolalarga foydali ko‘nikmalarni shakllantirish va kelajak kasbini tanlashda yordam beradi. Shaxsiylashtirilgan transport jadvali ishlab chiqilgan: avtobuslar bolalarni maktablardan olib ketib, mashg‘ulotlardan so‘ng qaytarib olib keladi.

IT Village shunchaki loyiha emas. Bu — mintaqaning kelajagiga va yangi avlodning raqamli savodxonligiga qaratilgan sarmoya.

Qabul 1-sinfdan 8-sinfgacha bo‘lgan Samarqandlik o‘quvchilar orasida suhbat asosida amalga oshiriladi. Batafsil ma’lumot uchun biz bilan bog‘laning