UZINFOCOMda Rossiya yosh tadbirkorlari delegatsiyasining tashrifi
UZINFOCOM ofisiga Rossiyadan kelgan yosh tadbirkorlar biznes delegatsiyasi a’zolari tashrif buyurishdi.

Mazkur tashrif Rossiya yoshlar tadbirkorligini chet ellarda rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirildi.
Tashrif davomida mehmonlar UZINFOCOMning faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishib, raqamli texnologiyalar va IT-xizmatlar sohasida kelajakdagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar. Ushbu muloqot ikki davlat yosh biznes yetakchilari o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan edi.