UZINFOCOM ofisiga boshqaruvchi direktor Tanat Uskembayev boshchiligidagi Astana Hub vakillar guruhi tashrif buyurdi.
Astana Hub - Markaziy Osiyoning yetakchi texnologiya markazi bo‘lib, unda 1400 dan ortiq IT kompaniyalar, jumladan 350 dan ziyod xorijiy korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Vakillar guruhiga kompaniyaning davlat xizmatlarini raqamlashtirish va AKT infratuzilmasini rivojlantirish sohasidagi asosiy loyihalari namoyish etildi.
Tashrif dasturi doirasida vakillar guruhi UZINFOCOM kompaniyasining shourumini ham ko‘zdan kechirdi. Mehmanlarga kompaniyaning O‘zbekistonda raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan asosiy loyihalari taqdim etildi. Vakillar guruhi a’zolari, shuningdek, MyID Palm qurilmasini sinab ko‘rib, uning qulayligi va turli sohalarga joriy etish imkoniyatlarini ijobiy baholadilar.