«El-yurt umidi» jamg‘armasi stipendiatlari uchun Forum va Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi.
adbirda raqamlashtirish sohasidagi muhim islohotlar, ularni amalga oshirishda iqtidorli yoshlarning o‘rni, shuningdek, davlat idoralari va IT-kompaniyalar bilan hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Xorijdagi ta’lim va amaliyot dasturlariga hamda bitiruvchilarning O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish va raqamli transformatsiyadagi bo‘lajak rolilariga alohida e’tibor qaratildi.

Forum spikerlari qatorida UZINFOCOM vakili Xurshid Kodirov ham so‘zga chiqdi. U o‘z nutqida kompaniya faoliyati, MyID raqamli identifikatsiya platformasining rivojlanishi, sun’iy intellekt sohasidagi loyihalar, jumladan, Muxlisa AI haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, ushbu yechimlar O‘zbekistonning raqamli kelajagini qurishga qanday yordam berayotgani va yosh mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar ochayotganiga to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bilan yakunlandi. Unda stipendiatlar potensial ish beruvchilar bilan bevosita tanishish va raqamli sohadagi karyera imkoniyatlari haqida ko‘proq ma’lumot olish imkoniga ega bo‘ldilar.
«El-yurt umidi» forumi yangi avlod iqtidorlarini texnologiya va ta’lim sohasidagi ilg‘or tashabbuslar bilan bog‘lash yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.
