Bugun Toshkentda TBC Uzbekistan tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda TBC Talks konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Tadbirning asosiy voqealaridan biri — “Oʻzbekistonda millionlab foydalanuvchilar uchun keng koʻlamli AI-servislarni qanday ishlab chiqish mumkin?” mavzusidagi panel munozarasi boʻldi. Unda UZINFOCOM vakili Said Abdusattorov ham ishtirok etdi.

Muhokama davomida quyidagi muhim mavzular koʻtarildi:
- Sunʼiy intellektga asoslangan oʻzbek tilidagi til modellari va xizmatlarini yaratish;
- Texnologiyalar koʻlamini kengaytirish uchun infratuzilmani rivojlantirish;
- Millionlab fuqarolar har kuni foydalanadigan yechimlarni joriy etishdagi amaliy tajriba.

Konferensiya Visa, CAFA, Alif, AICA, Aiphoria, Tass Vision kabi bozorning yetakchi ishtirokchilarini bir yerga toʻpladi. Ular Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt kelajagi boʻyicha oʻz qarashlari bilan oʻrtoqlashdilar hamda ekotizimni rivojlantirishga oid amaliy keyslar va yondashuvlarni taqdim etdilar.
