Latviya Respublikasi Elchisining UZINFOCOMga tashrifi.
Latviya Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Girts Yaunzems UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida janob Elchi kompaniyaning shourumida boʻlib, u yerdagi eng muhim ishlanmalar bilan tanishdi. Ular orasida MyID raqamli identifikatsiya platformasi, MyID Palm innovatsion biometrik tizimi, my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda raqamli sogʻliqni saqlashni rivojlantirishga qaratilgan DMED tibbiy tizimi bor.
Uchrashuv UZINFOCOM texnologiyalari mamlakatning raqamli ekotizimi rivojlanishiga qanday hissa qoʻshayotganini va xalqaro hamkorlik uchun yangi istiqbollar ochayotganini namoyish etish uchun ajoyib imkoniyat boʻldi.