UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM ofisiga Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlik qiluvchi xalqaro maslahatchi Diter Nassler tashrif buyurdi.

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) — bu GFR hukumati, Yevropa Ittifoqi va boshqa hamkorlarning topshirigʻi boʻyicha xalqaro hamkorlik va barqaror rivojlanish loyihalarini amalga oshiruvchi Germaniya davlat agentligidir.

17.09.2025

UZINFOCOM ofisiga Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlik qiluvchi xalqaro maslahatchi Diter Nassler tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida mehmon kompaniyaning shourumidagi asosiy raqamli yechimlari bilan tanishtirildi. Jumladan: MyID — raqamli identifikatsiya tizimi, HRM.ARGOS.UZ — kadrlar boshqaruvi uchun zamonaviy HR-platforma, “Ibn Sino” interaktiv oʻquv stoli — taʼlim sohasidagi innovatsion yechim.

 

Janob Nassler taqdim etilgan loyihalarning ahamiyatini yuqori baholab, ularning Oʻzbekistonda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va turli sohalarni modernizatsiya qilishdagi oʻrniga qiziqish bildirdi.