O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining “SUVHISOBI” suv hisobining yangi tizimi bo‘yicha trening
Tadbirni suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari R.D. Qarshiev o'tkazdilar. Tadbirning asosiy maqsadlari: “suv ta’minoti xizmati” xodimlarining malakasini oshirish va “SUVHISOBI” tizimini respublika bo‘ylab joriy etishga tayyorgarlik ko‘rishdan iborat edi. Tizimni ishga tushirish 2025-yil 1-yanvarga rejalashtirilgan.
UZINFOCOM xodimlari tizimdan foydalanishning amaliy va nazariy qismlari haqida gapirdi. Ular fermerlarning suv olish uchun ariza topshirishlari, tuman irrigatsiya bo‘limlari fermerlar uchun suv limitini qanday belgilashi va suv solig‘ini hisoblashda tizimdan foydalanishni ko‘rsatib berdi.
⚡️ SUVHISOBI tizimi suv olish uchun ariza topshirish jarayonini soddalashtiradi va soliqlarni hisoblashni avtomatlashtiradi, bu esa fiskal inspektorlarning ishini osonlashtiradi.