ICT Week 2025 haftaligi doirasida hamkorimiz – “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ – “Temir yo‘l sohasida elektron xizmatlarni joriy etish bo‘yicha eng yaxshi hamkor tashkilot” nufuzli mukofoti bilan taqdirlandi.
Ushbu mukofot kompaniyaning transport va logistika sohasida raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga hamda xalqaro integratsiya imkoniyatlarini kengaytirishga qo‘shgan salmoqli hissasining e’tirofi bo‘ldi.
Tadbir davomida “O‘zbekiston temir yo‘llari” vakillari UZINFOCOM stendiga ham tashrif buyurib, u yerda mamlakatning raqamli infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan asosiy loyihalar va yechimlar bilan tanishdilar.
Hamkorlarimizni ushbu munosib mukofot bilan tabriklab, ularga kelgusi ishlarida yangi yutuqlar va muvaffaqiyatli loyihalarni tilab qolamiz.