UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM Fintech Moldova Conference 2025 anjumanida.

UZINFOCOMning Xalqaro biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Timur Miyassarov Kishinyov shahrida bo‘lib o‘tgan Fintech Moldova Conference 2025 anjumanida ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.

06.10.2025

UZINFOCOM Fintech Moldova Conference 2025 anjumanida.

Bu yil yettinchi bor o‘tkazilayotgan mazkur konferensiya — fintex va raqamli transformatsiyaning kelajagini muhokama qilish uchun moliya, texnologiya va davlat sektorlari vakillarini bir joyga jamlaydigan yetakchi mintaqaviy platformalardan biri sanaladi.

O‘z nutqida Timur Miyassarov UZINFOCOMning raqamli identifikatsiya sohasidagi yechimlarini taqdim etdi. U foydalanuvchilarni xavfsiz va qulay tanib olish imkonini beruvchi MyID va MyID Palm tizimlari haqida so‘zlab berdi.

Bu texnologiyalar O‘zbekistonda allaqachon muvaffaqiyatli qo‘llanilib kelinmoqda va raqamli infratuzilmaning muhim qismiga aylanib, turli sohalarda innovatsion xizmatlarni joriy etish uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda.