UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Bridging IT Europe & Uzbekistan forumi yangi imkoniyatlar yaratishda davom etmoqda!

Forum yakunlari boʻyicha biometrik yechimlar va raqamli identifikatsiya sohasida yetakchi boʻlgan X Infotech kompaniyasi bilan samarali uchrashuv oʻtkazildi.

13.10.2025

Bridging IT Europe & Uzbekistan forumi yangi imkoniyatlar yaratishda davom etmoqda!

Muzokaralar markazida istiqboldagi strategik hamkorlik masalalari boʻldi.Suhbat davomida ikki asosiy yoʻnalishdagi yirik loyihalarni amalga oshirishga eʼtibor qaratildi:

 

  • Biometrik identifikatsiya va toʻlovlar: Yevropa bozorida biometriyaga asoslangan toʻlov tizimlarini ishga tushirish boʻyicha qoʻshma loyiha ishlab chiqish.
  • Elektron hukumat va "Aqlli shahar" yechimlari: elektron xizmatlar, raqamli sogʻliqni saqlash, jamoat transportini avtomatlashtirish platformalari. Yevropa va Afrika mamlakatlarida ilgʻor IT-yechimlarni joriy etish istiqbollari muhokama qilindi.