UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Anqaraga amaliy tashrif: UZINFOCOM va Türksat strategik hamkorlikni muhokama qildi.

Bosh direktor Emil Gimranov boshchiligidagi UZINFOCOM delegatsiyasi Turkiyaning Türksat kompaniyasi rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazish uchun Anqara shahriga amaliy tashrif buyurdi.

14.10.2025

Anqaraga amaliy tashrif: UZINFOCOM va Türksat strategik hamkorlikni muhokama qildi.

Muzokaralar chogʻida hamkorlikning quyidagi ustuvor yoʻnalishlari belgilab olindi:

UZINFOCOM'ning ilgʻor yechimlari taqdimoti. Delegatsiya turk tomoniga UZINFOCOM va Elektron hukumat markazi (EHM) tomonidan ishlab chiqilgan, foydalanuvchiga yoʻnaltirilgan asosiy raqamli mahsulotlarni namoyish etdi.

 

Biometrik tizimlar. Türksat kompaniyasi MyID Vision va MyID Palm biometrik identifikatsiya tizimlariga hamda ularning Oʻzbekiston davlat va moliya sektorlariga chuqur integratsiya qilinishi tajribasiga alohida qiziqish bildirdi.

Blokcheyn-yechimlar. Shuningdek, delegatsiya muhim davlat reyestrlarida (masalan, oʻqituvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimida) shaffoflikni va maʼlumotlar oʻzgarmasligini taʼminlash uchun blokcheyn texnologiyasidan foydalanishni koʻrsatuvchi TOKEN.UZ amaliy misolini taqdim etdi.