UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM ofisiga Botsvana Respublikasi delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Botsvana Respublikasi Bolalar farovonligi va boshlangʻich taʼlim masalalari vaziri Nono Kgafela-Mokoka xonim hamda Doimiy kotib oʻrinbosari Stiv Botasitse boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

05.11.2025

UZINFOCOM ofisiga Botsvana Respublikasi delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Mehmonlar kompaniya faoliyati va uning raqamlashtirish borasidagi asosiy yoʻnalishlari bilan tanishdilar. Uchrashuvda IT-infratuzilmani rivojlantirishning zamonaviy yondashuvlari, innovatsion yechimlar va texnologik loyihalardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, delegatsiya UZINFOCOM shourumida boʻlib, u yerda turli sohalar va davlat tizimlarida qoʻllanilayotgan raqamli mahsulot va texnologiyalar namoyish etildi.