«Butunjahon yoshlar festivali 2024» doirasida raqamli texnologiyalar pavilioni tashkil etildi
Pavilionda sun’iy intellekt, elektron hukumat, animatsiya, BPO xizmatlari, IT-ta’lim, VR va boshqa loyihalar haqida ma’lumotlar taqdim etilgan.

Bundan tashqari, o'quv seminarlari, sovrinli musobaqalar, PlayStation va CS:GO yo‘nalishida kibersport turnirlari tashkil etiladi🎮
📍Pavilion Yoshlar ijod saroyi binosi yonida joylashgan bo‘lib, 30-iyungacha soat 9:00 dan 20:00 gacha tashrif buyuruvchilar uchun ochiq.
Ilg'or loyihalarimiz bilan tanishish uchun barcha yoshlarni UZINFOCOM stendi yonida ko'rishdan xursand bo'lamiz!