Yagona integrator “UZINFOCOM” O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
bilan birgalikda butun mamlakat bo‘ylab tibbiyot muassasalarida axborot tizimlari va dasturiy komplekslariga texnik xizmat ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash guruhini ishga tushirmoqda.
✅Ushbu muhim voqea doirasida O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Olim Murodullaevich Omonov, UZINFOCOM bosh direktori Emil Ildarovich Gimranov hamda viloyatlar va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmalari o‘rinbosarlari ishtirokida tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda texnik mutaxassislarga joyida xizmat ko‘rsatish uchun zarur jihozlar hamda apparat-dasturiy vositalar topshirildi.
Rasmiy qismdan so‘ng ishtirokchilar uchun seminar o‘tkazildi hamda UZINFOCOM faoliyati bilan tanishtirildi.
🖥 Texnik mutaxassislarning joylarda ishlashi katta miqdordagi mablag'ni tejash, kompyuterlarga texnik xizmat ko'rsatish jarayonini standartlashtirish va xodimlarni axborot tizimlarini joriy etishga o'rgatish, shuningdek, tibbiyot xodimlarining ish sifatini oshirishga yordam beradi, bu raqamlashtirish yo'lidagi muhim qadam bo'ladi va mamlakatimizda sog'liqni saqlashni yaxshilaydi!