Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standarti (MHXS) asosida moliyaviy hisobot topshiruvchi tashkilotlar uchun
hisobot topshirish jarayonlarini avtomatlashtirish mexanizmi joriy qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliyaviy hisob tizimini xalqaro talab va standartlarga muvofiq takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-282-son qarori asosida Yagona hisobotlar tizimining tadbirkorlar uchun hisobot topshirish tarkibiy qismida (hisobot.gov.uz) MHXS asosida qabul qilinadigan hisobot shakllarini tadbirkorning shaxsiy kabinetida avtomatik shakllantirish mexanizmi ishlab chiqilib, tizimda texnik realizatsiya qilindi. Shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank, Soliq qo‘mitasi mas’ullari uchun Yagona hisobotlar tizimining davlat tashkilotlari uchun hisobot qabul qilish tarkibiy qismida (authority.hisobot.gov.uz) qo‘shimcha nazorat imkoniyatlari yaratildi.

Ma’lumot uchun Yagona hisobotlar tizimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi PQ-8-son qarori 5-bandi asosida Raqamli texologiyalar vazirligi muvofiqlashtiruvida “Yagona integrator - UZINFOCOM” MCHJ tomonidan ishlab chiqilib joriy yilning mart oyida sinov rejimida ishga tushirilgan.
20-noyabrda yuqorida ta’kidlangan imkoniyatlar haqida mutasaddi tashkilotlar vakillari uchun taqdimot seminari o‘tkazildi.
