DMED tizimida avtorizatsiya tartibi yangilandi.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 17-noyabrdan boshlab DMED Yagona tibbiy axborot tizimiga (mis.dmed.uz) kirish faqat OneID orqali amalga oshiriladi.

- Agar OneID akkaunti hali yaratilmagan bo‘lsa — ro‘yxatdan o‘tishni tavsiya qilamiz.
- Agar avval OneID dan foydalangan bo‘lsangiz — akkauntingiz faol ekanligiga ishonch hosil qiling.
OneID tizimida ro‘yxatdan o‘tish haqida batafsil ma’lumotni ushbu maqolada yoki OneIDning rasmiy veb-saytida topishingiz mumkin.
Qayd etamizki, OneID akkaunti nafaqat DMED, balki boshqa davlat xizmatlarida, jumladan MyGov’da ham ishlatiladi. Iltimos, xavfsizlik talablariga rioya qiling va ma’lumotlaringizni uchinchi shaxslarga bermang.