UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Tojikiston Respublikasi delegatsiyasi O‘zbekiston elektron hukumati tuzilmasi bilan tanishdi

Tojikiston Respublikasi Prezidenti yordamchisining huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Xoliqzoda Chonibek boshchiligidagi davlat tashkilotlari va xalqaro kompaniyalar vakillari Oʻzbekistonning elektron davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi tajribasini oʻrganish maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurdi.

01.07.2024

Tojikiston Respublikasi delegatsiyasi O‘zbekiston elektron hukumati tuzilmasi bilan tanishdi

Tashrif davomida delegatlarga davlat sektorini raqamlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar, dasturni ishlab chiqish jarayonida yuzaga kelgan qiyinchiliklar hamda tizimni kengaytirish bo‘yicha istiqboldagi rejalar haqida atroflicha ma'lumot berildi. 

 

 

UZINFOCOM xodimlari "Digital energy" yagona billing tizimi, my.gov yagona davlat xizmatlari portali, yagona tibbiy axborot tizimi va boshqa davlat axborot tizimlari loyihalarini taqdim etdi.