UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Nega Muxlisa AI alohida yechim sifatida yaratildi?

Aksariyat global AI xizmatlari universal til modellariga asoslangani sababli, o‘zbek tilini mukammal darajada qo‘llab-quvvatlay olmaydi.

09.01.2026

Nega Muxlisa AI alohida yechim sifatida yaratildi?

Buning sabablari quyidagicha:

  • O‘zbek tili o‘ziga xos grammatik tuzilish, boy leksika va so‘z yasash qoidalariga ega;
  • Talaffuz va intonatsiya global modellar o‘rgatilgan asosiy tillardan keskin farq qiladi;
  • Rasmiy "tilni qo‘llab-quvvatlash" funksiyasi amaliyotda har doim ham aniq natija bermaydi.

Muxlisa AI nutqni aniqlash va sintez qilish jarayonida aynan ushbu jihatlarni inobatga olish maqsadida alohida loyiha sifatida ishlab chiqilgan.
Platforma umumiy qoliplarga emas, balki real hayotiy ssenariylarga moslashgan holda, asosiy e’tiborni o‘zbek nutqiga qaratib rivojlanmoqda.