UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM ofisida Prototie kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

09.01.2026

UZINFOCOM ofisida Prototie kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralarning asosiy mavzularidan biri — “IT Village” loyihasi doirasidagi hamkorlik masalalari bo‘ldi. Xususan, Prototie vakillari “IT Village” hududida Koreya Respublikasi fuqarolari uchun yozgi o‘quv dasturlarini tashkil etish taklifini ilgari surdilar.

Ushbu tashabbus yuqori baholandi. Bunday loyihaning amalga oshirilishi nafaqat ikki davlat o‘rtasidagi madaniy almashinuvni rivojlantirishga, balki xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va ta’lim turizmi jalb etuvchanligini oshirishga ham xizmat qilishi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldilar hamda ushbu loyiha doirasidagi hamkorlik muvaffaqiyatli rivojlanishiga ishonch bildirdilar.