UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Hurmatli harbiy xizmatchilar, faxriylar va Vatan himoyachilari!

Sizlarni 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

14.01.2026

Hurmatli harbiy xizmatchilar, faxriylar va Vatan himoyachilari!

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari mustaqilligimiz, tinchligimiz va barqarorligimizning ishonchli kafolati, davlatchiligimiz hamda fuqarolar osoyishtaligining mustahkam tayanchidir. Sizlarning fidokorona xizmatingiz, yuksak kasb mahoratingiz, mas’uliyatingiz va Vatanga sadoqatingiz cheksiz hurmat va e’tirofga loyiq.

Ushbu qutlug‘ ayyomda sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, kelajakka ishonch, sharafli kasbingiz va shaxsiy hayotingizda yangi zafarlar tilaymiz. Yurtimizda doimo tinchlik va totuvlik hukm sursin, Vatanimiz osmoni hamisha musaffo bo‘lsin.