Samarqandda Ikkinchi milliy AI Xakatoni boshlandi
UZINFOCOM ushbu tadbirning tashkilotchilaridan biri sifatida ishtirok etmoqda.

Samarqand viloyatidan kelgan yosh dasturchilar, tahlilchilar, talabalar va startapchilar quyidagi yo‘nalishlarda istiqbolli sun’iy intellekt yechimlarini ishlab chiqish bo‘yicha musobaqa o‘tkazadilar:
• kiberxavfsizlik
• sog‘liqni saqlash
• ta’lim
• tadbirkorlik va biznes yechimlari
• sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida giyohvand moddalar aylanishini nazorat qilish

Xakatonning birinchi kunida amaliy sun’iy intellekt, tarmoqlararo hamkorlik va raqamli ekotizimlarda innovatsiyalarni rag‘batlantirishga bag‘ishlangan sessiya doirasida UZINFOCOM sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish bo‘yicha direktori Ruslan Sultanov ma’ruza qildi.
Ishtirokchilarni mahorat darslari va mentorlik mashg‘ulotlari, prototiplar ustida ishlash hamda sun’iy intellekt bo‘yicha ta’limiy ma’ruzalar kutmoqda. G‘oliblar nafaqat qimmatbaho sovg‘alarga, balki o‘z loyihalarini to‘liq ishga tushirish uchun moliyaviy mablag‘ larni jalb qilish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar.
