2025: raqamli kod “yashil” tus olgan yil
UZINFOCOM’da biz shunday tamoyilga ishonamiz: texnologiyalar faqat insonlar va sayyoraga foyda keltirgan taqdirdagina haqiqiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Biz 2025 yil uchun ESG hisobotini e’lon qildik. Ammo ushbu hujjatning har bir sahifasi ortida oddiy hisobotlar emas, balki odamlar hayoti va mamlakat ekologiyasidagi haqiqiy o‘zgarishlar turibdi.

Bizning algoritmlarimiz hayotni qanday qilib yaxshilayotganini qisqacha aytib o‘tamiz:
Sayyora (Environment)
Biz IT nafaqat kodda, balki hayotda ham ekologik bo‘lishi mumkinligini isbotlayapmiz:
- Quyosh energiyasidagi IT Village: Samarqanddagi texnologik markazimiz to‘liq quyosh energiyasi hisobiga ishlaydi. Ko‘mir yo‘q — faqat toza texnologiyalar.
- Shaxsiy hissa: Jamoamizning 78% a’zosi plogging (ochiq havoda chiqindi yig‘ish)da qatnashadi va hozirgacha 3 200 ta daraxt ekildi.
Odamlar va jamiyat (Social)
Raqamlashtirish, avvalo, teng imkoniyatlar demakdir:
- Big IT’da ayollar: “Ayol Yo’li” loyihasi va maxsus stajirovkalar orqali biz ayollar uchun Big IT sohasida haqiqiy “ijtimoiy lift” yaratmoqdamiz. Biz an’analarni saqlab qolgan holda har bir ayolga texnologiyalar olamida o‘z yo‘lini topishga yordam beramiz.
- Sog‘liqni saqlash texnologiyalari: DMED tizimi 35,5 mln nafar fuqaroni qamrab oldi. Bu — 5,6 mln ta elektron retsept va millionlab vatandoshlarimiz uchun tejab qolingan vaqt (va sog‘liq!).
- Ta’lim: Ustudy o‘quv markazimiz hamda hududlarda amalga oshirilayotgan IT Village loyihasi orqali biz yuzlab bolalar va yosh mutaxassislar uchun texnologiyalar olamini ochdik. Bu — mamlakatimizning kelajakdagi intellektual tayanchi.
Ishonch va shaffoflik (Governance)
Biz ishonchli tizimlarni yaratmoqdamiz:
- Halol xaridlar: Token.uz blokcheyn texnologiyasi yordamida davlat xaridlarida inson omili va korrupsiyani kamaytiramiz.
- Raqamli yurak: my.gov.uz portali 13 mln nafar o‘zbekistonlik uchun kundalik hayotning bir qismiga aylandi. Bu — navbatlar va qog‘ozbozliksiz hal qilingan 49 million masala demakdir.
Bu shunchaki KPI emas — bu bizning har kungi tanlovimiz. Biz texnologiyalar ekologiya va jamiyat manfaatiga xizmat qiladigan kelajakni barpo etmoqdamiz.
Batafsilroq ma’lumot olishni xohlaysizmi? Hisobotning to‘liq versiyasini quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin: https://uzinfocom.uz/uz/company/esg