APEX Bank delegatsiyasi UZINFOCOM yagona integratori ofisiga tashrif buyurdi
"Apex Bank" AJ vakillarining UZINFOCOM ofisiga amaliy tashrifi bo'lib o'tdi. Delegatsiyaga Boshqaruv raisi o'rinbosarlari Sherzod Madjitov va Timur Emirsaliev boshchilik qildi, uchrashuvda shuningdek, bankning asosiy departamentlari rahbarlari ham ishtirok etishdi.

Tashrif davomida mehmonlar texnologik shourumda bo'lib, elektron hukumatni rivojlantirish va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish doirasida amalga oshirilayotgan raqamli yechimlar ekotizimi bilan tanishdilar.

Bank vakillari mamlakatimizdagi AKT infratuzilmasining joriy holati va O'zbekiston bank sektorining texnologik rivojlanish darajasiga qiziqish bildirdilar.

Uchrashuv doirasida asosiy e'tibor axborot xavfsizligi masalalari va fintex-industriyasida regulyator muvofiqligini ta'minlashga qaratildi.

Tomonlar zamonaviy texnologik yechimlarni joriy etish bo'yicha tajriba almashish istiqbollari, shuningdek, MyID Palm tizimi bilan integratsiyalashuv masalalarini muhokama qildilar. Ushbu yechim to'lovlar xavfsizligini oshirish, foydalanuvchi jarayonlarini soddalashtirish va bank mijozlari uchun qulayroq raqamli muhit yaratishga qaratilgan.