Shvetsiya delegatsiyasi UZINFOCOM’ning raqamli yechimlari bilan tanishdi
Xalqaro hamkorlik, tashqi savdo, migratsiya, sanoat, energetika, infratuzilma, sog‘liqni saqlash, telekommunikatsiya va innovatsion texnologiyalar sohalari bo‘yicha Shvetsiya delegatsiyasi vakillari O‘zbekistonga tashrifi doirasida UZINFOCOM’ga tashrif buyurib, kompaniyaning raqamli transformatsiya sohasidagi faoliyati bilan tanishdi.

Mehmonlarga UZINFOCOM’ning raqamli transformatsiya borasidagi asosiy ish yo‘nalishlari, jumladan, davlat, biznes va fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat raqamli xizmatlari, raqamli infratuzilma va texnologik platformalarni rivojlantirish haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida tomonlar xalqaro texnologik hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini, shuningdek, raqamlashtirish, infratuzilmaviy yechimlar, elektron xizmatlar va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tajriba almashish imkoniyatlarini muhokama qildi.
