BMT Davlat xizmati kunini nishonlash doirasida UZINFOCOM Yagona integratori ofisiga nufuzli delegatsiya tashrif buyurdi.
Uning tarkibidan turli vazirlik va idoralarning inson resurslarini rivojlantirish hamda boshqarish bo‘linmalarining 90 nafar rahbari o‘rin oldi.

Tashrif davomida mutaxassislarga hrm.gov.uz yagona elektron tizimining ishlashi namoyish etildi. Ishtirokchilar platforma funksionalligi, kadrlar ish yurituvini avtomatlashtirish jarayonlari va davlat xizmatida inson kapitalini samarali boshqarishni ta’minlovchi raqamli vositalar bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, dastur UZINFOCOM shourumi bo‘ylab batafsil ekskursiyani o‘z ichiga oldi. Mehmonlarga kompaniyaning ilg‘or loyihalari taqdim etilib, yirik davlat platformalarini ishlab chiqish bosqichlari hamda turli ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga innovatsion yechimlarni joriy etish haqida so‘zlab berildi.

Ilg‘or IT-infratuzilma bilan bevosita tanishish kadrlar xizmatlari rahbarlarining amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, tajriba almashish hamda davlat boshqaruvi tizimida raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirishga qaratilgan.
