UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM ML-muhandisi Bibi Maryam Aytmuratova tibbiy sun’iy intellekt nazariyasi va amaliyotiga bag‘ishlangan xalqaro o‘quv dasturida qatnashmoqda

Mashg‘ulotlar “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida Shanxay shahrida (Xitoy) joylashgan Tongji shifoxonasi negizida bo‘lib o‘tmoqda.

21.07.2026

UZINFOCOM ML-muhandisi Bibi Maryam Aytmuratova tibbiy sun’iy intellekt nazariyasi va amaliyotiga bag‘ishlangan xalqaro o‘quv dasturida qatnashmoqda

Dastur ishtirokchilari sun’iy intellekt asoslari, sog‘liqni saqlashda SI qo‘llanilishi, tabiiy tilni qayta ishlash, yirik tibbiy ma’lumotlarni tahlil qilish, tibbiy robototexnika, "miya-kompyuter" interfeyslarini o‘rganib, Shanxayning yetakchi tibbiyot muassasalari, universitetlari va texnologik korxonalariga tashrif buyurmoqda.