UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va NIA

sun’iy intellekt sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi

12.08.2026

UZINFOCOM, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va NIA

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Koreya Respublikasining National Information Society Agency (NIA) agentligi va UZINFOCOM sun’iy intellekt asosidagi Fuqarolar murojaatlari tizimini takomillashtirishga qaratilgan grant loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzoladi.

Loyiha doirasida fuqarolar murojaatlarini tahlil qilish va boshqarishga mo‘ljallangan sun’iy intellekt yechimlarini ishlab chiqish hamda joriy etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, tizimni O‘zbekistonda tajriba-sinov tariqasida joriy etish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish rejalashtirilgan.

NIA bilan hamkorlik O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi texnologik aloqalarning izchil davomi bo‘lib, raqamli davlat boshqaruvi hamda sun’iy intellekt sohasidagi Koreya tajribasidan samarali foydalanish imkonini beradi.