UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM kompaniyasida “O‘zbekistonni kashf eting” nomli keng ko‘lamli festival bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida UZINFOCOM jamoasi mamlakatimizning boy madaniy merosiga bag‘ishlangan yirik korporativ tanlov-festivalini o‘tkazdi.

28.08.2026

UZINFOCOM kompaniyasida “O‘zbekistonni kashf eting” nomli keng ko‘lamli festival bo‘lib o‘tdi

Tadbir davomida kompaniya xodimlari O‘zbekistonning turli viloyatlarini tanishtirish uchun jamoalarga birlashdilar. Ishtirokchilar milliy liboslar, musiqiy chiqishlar va an’anaviy taomlar tayyorladilar.



Jamoalarga har bir hududning o‘ziga xosligi, tarixi va xususiyatini to‘laqonli aks ettirish imkonini bergan betakror bezaklar hamda ijodiy yondashuvga alohida e’tibor qaratildi.

O‘tkazilgan festival korporativ madaniyatni mustahkamlashda muhim voqea bo‘lib, UZINFOCOM xodimlarining yuksak jipsligi, iqtidori va jamoaviy ruhini yana bir karra namoyon etdi.