Janubiy Koreyaning KOFIH delegatsiyasi UZINFOCOMga tashrif buyurdi
KOFIH — Koreya Respublikasining sog‘liqni saqlash sohasidagi xalqaro loyiha va dasturlarni amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi tashkiloti.

Tashrif davomida mehmonlarga UZINFOCOM’ning turli yo‘nalishlardagi raqamli yechimlari va loyihalari taqdim etildi: MyID Palm - kaft venalari tasviri bo‘yicha identifikatsiya va autentifikatsiya qilish uchun biometrik yechim; my.gov.uz - fuqarolar va tashkilotlar uchun raqamli xizmatlarni birlashtiruvchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali; DMED - sog‘liqni saqlash sohasidagi jarayonlarni raqamlashtirish uchun mo‘ljallangan yagona tibbiy axborot tizimi.

Shuningdek, delegatsiyalarga tashrif doirasida KOFIH vakillari tanishgan Agroplatforma.uz, raqamli geologiya sohasidagi yechim va kompaniyaning boshqa loyihalari taqdim etildi. Mehmonlar taqdim etilgan yechimlarning xilma-xilligi va bugungi kunda raqamli texnologiyalar qo‘llanilayotgan keng ko‘lamli yo‘nalishlarni ta’kidladilar.
