UZINFOCOM Respublika ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hududida
yangi quyosh energiyasi tizimining ochilish marosimida ishtirok etdi.
119 kilovatt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini oʻrnatish Litva Respublikasi Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligining Atrof-muhit loyihalarini boshqarish agentligi (APVA), «Okata Sun» kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasidagi Tibbiyot markazi oʻrtasidagi hamkorlik loyihasidir.
UZINFOCOM, o‘z navbatida, tibbiyot markazi tomiga quyosh panellarini o‘rnatishda to‘liq texnik yordam ko‘rsatdi.
Bunday energiya tizimi muassasaning uzluksiz ishlashini taʼminlaydi va mamlakatimiz «yashil energetikasi»ni qoʻllab-quvvatlashga salmoqli hissa boʻladi.