UZINFOCOM xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda
ICT Week Uzbekistan 2026 doirasida UZINFOCOM Yaponiyaning Soft Hyperion kompaniyasi bilan o‘zaro anglashuv memorandumi va Ozarbayjonning PLUG kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.

Soft Hyperion bilan memorandum axborot texnologiyalari sohasida tajriba va ilg‘or amaliyotlar almashish, shuningdek, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Kelishuvlar doirasida kompaniya UZINFOCOM yechimlarini Yaponiya bozorida targ‘ib qilish va taqdim etishga ko‘maklashadi.

PLUG bilan kelishuv raqamli transformatsiya va innovatsion texnologiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish, texnologik hamkorlik va qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishni nazarda tutadi.
Imzolangan hujjatlar qo‘shma tashabbuslar va xalqaro texnologik hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
