UZINFOCOM ICTWEEK 2026 tadbiridagi faol ishtiroki uchun mukofot bilan taqdirlandi
Yilning asosiy texnologik tadbiri davom etmoqda va UZINFOCOM kompaniyasi stend tashkil etgani hamda ilg‘or IT-yechimlarni taqdim etgani uchun esdalik mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Shu kunlar davomida UZINFOCOM ko‘rgazma maydoni mehmonlar, xorijiy delegatsiyalar va hamkorlarni o‘ziga tortuvchi faol markaz bo‘lib qolmoqda.
Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar asosiy loyihalar bilan bevosita tanishishlari va kompaniyaning raqamli xizmatlari ishini yaqqol ko‘rishlari mumkin.
Oldinda ko‘rgazmaning yana bir, yakuniy kuni bor. UZINFOCOM ajoyib maydon uchun tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi va barcha xohlovchilarni ertaga kompaniya stendiga tashrif buyurishga taklif etadi!
