ICT Week Uzbekistan 2026 tadbirining uchinchi kuni yakunlandi
UZINFOCOM stendida xodimlarni boshqarish va onlayn ta’limdan tortib, gaz va sug‘urta sohalarini raqamlashtirishgacha bo‘lgan turli sohalar uchun raqamli yechimlar taqdim etildi.


AGTKSh monitoringi uchun apparat-dasturiy majmuasi bo‘lgan UGAZga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, quyidagi yechimlar namoyish etildi:
HRM — inson resurslarini boshqarish, xodimlar haqidagi ma’lumotlarni yuritish va HR-jarayonlarini avtomatlashtirish uchun raqamli platforma.
LMS — kurslarni o‘tish va malaka oshirish uchun onlayn ta’lim platformasi.
Online Test — testlarni topshirish va bilimlarni baholash uchun onlayn platforma.

Shuningdek, stendda sug.uz - elektron sug‘urta xizmatlari portali ham taqdim etilgan.
UTG AI - "O‘ztransgaz" AJning sun’iy intellektga asoslangan mahsulotlar platformasi

Ertaga — ICT Week Uzbekistan 2026 haftaligining so‘nggi kuni. Sizni UZINFOCOMning A3 stendiga tashrif buyurishga hamda taqdim etilgan raqamli yechimlar bilan tanishishga taklif etamiz.

