AQSH delegatsiyasi UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurdi
O‘zbekistonga tashrifi doirasida AQSHning Yuta universiteti rahbariyatidan iborat delegatsiya UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlar UZINFOCOM shourumida bo‘lishdi, u yerda ularga kompaniyaning raqamli yechimlari va ularning imkoniyatlari namoyish etildi.

Xususan, delegatsiya MyID — biometrik identifikatsiya tizimi, Agroplatforma.uz — qishloq xo‘jaligi sohasi uchun raqamli yechim, my.gov.uz — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, DMED — yagona tibbiy axborot tizimi va boshqa loyihalar bilan tanishdi.
Taqdim etilgan yechimlar Yuta universiteti vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi hamda ular mazkur yechimlarning amaliy ahamiyati, keng qo‘llanilish ko‘lami va turli sohalarda raqamli texnologiyalarni yanada rivojlantirish salohiyatini e’tirof etdilar.
