Shveysariya elchisi Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurdi
Shveysariyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Simon Giger O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida UZINFOCOM ofisiga ham tashrif buyurib, u yerda kompaniya faoliyati va uning asosiy yo‘nalishlari taqdim etildi.

UZINFOCOM shourumida kompaniyaning biometrik identifikatsiya, sun’iy intellekt, raqamli sog‘liqni saqlash, shuningdek, davlat axborot tizimlari va raqamli xizmatlarni yaratish hamda rivojlantirish kabi turli sohalardagi raqamli yechimlari va loyihalari namoyish etildi.
Loyihalar taqdimoti zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlari va UZINFOCOM’ning keng ko‘lamli raqamli yechimlarini namoyish etdi.
