Raqamli texnologiyalar vazirligida "Seeds for the future 2024" xalqaro ta’lim loyihasining tantanali ochilish marosimi
bo‘lib o‘tdi. Unda yaqin Sharq va Markaziy Osiyoning 14 mamlakati, shu jumladan O'zbekistonning yetakchi universitetlaridan 150 nafar talaba va 14 nafar o'qituvchi ishtirok etdi.

Dastur mahalliy raqamli iste'dodlarni rivojlantirish, bilim almashish, AKT haqida xabardorlikni oshirish va yosh iste'dodlar uchun raqamli hamjamiyatni rivojlantirishga qaratilgan.
Shuningdek, mehmonlarga kompaniyamiz loyihalari, ish jarayonlari va korporativ madaniyati bilan tanishtirib, UZINFOCOM ofisiga sayohat uyushtirildi.