UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

27-avgust kuni Koreyaning KOMSCO kompaniyasi rahbariyati Raqamli texnologiyalar vazirligi va UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Yagona integrator faoliyati bilan tanishtirish uchun UZINFOCOM loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

28.08.2024

27-avgust kuni Koreyaning KOMSCO kompaniyasi rahbariyati Raqamli texnologiyalar vazirligi va UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurdi.

 

Shuningdek, raqamli texnologiyalar vaziri bilan uchrashuv davomida Koreya tomoni biometrik identifikatsiya va blokcheyn texnologiyalariga asoslangan markazlashmagan identifikatsiya tizimining (DID) taqdimotini o'tkazdi. UZINFOCOM o‘zining MyID va Token.uz muvaffaqiyatli yechimlarini qo'llagan holda loyihani amalga oshirishni taklif qildi.

 

Kelgusi hamkorlik doirasida zarur adaptatsiya ishlarini hisobga olgan holda mamlakatimizda ham shunga o'xshash yechimni ishlab chiqish va joriy etish rejalashtirilgan. Loyiha doirasida KOICA dan 10 million AQSH dollaridan ortiq investitsiyalarni jalb etish, shuningdek, loyihada hamkorlik qilish uchun Koreyaning yetakchi IT-kompaniyalari ishtirok etishi mo'ljallanmoqda.