UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM Sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish bo‘limi xodimlari

"Informatika va sog‘liqni saqlash uchun ma'lumotlar fani" (IDASH) stipendiya dasturi doirasida seminar-treninglarda ishtirok etish uchun Gruziyaga tashrif buyurishdi.

30.09.2024

UZINFOCOM Sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish bo‘limi xodimlari

 

Ushbu dastur Vashington shtati universiteti, CDC (AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi) va JSSTning  Yevropa byurosi hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, aholining sog‘lig‘ini yaxshilash uchun axborot tizimlarini yaratish va ulardan foydalanish bo‘yicha jamoat sog‘liqni saqlash mutaxassislarining malakasini oshirishga qaratilgan.

Seminar davomida Markaziy Osiyo, Sharqiy Yevropa va Kavkaz davlatlaridan kelgan ishtirokchilar ma'lumotlarni boshqarish, xavfsizlik, vizualizatsiya va biznes jarayonlarini tahlil qilish kabi mavzularni o‘rganishdi. Shuningdek, xalqaro ekspertlar boshchiligida o‘z mamlakatlari uchun milliy loyihalar ustida ishlash va qimmatli tajriba almashish imkoniga ega bo‘ldilar.