UZINFOCOM O‘zbekiston FinTex Assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan «FinTech & Banking 2024» forumida ishtirok etdi.
Forum davomida sohadagi eng so‘nggi trendlar va innovatsion yechimlar muhokama qilindi.
Forum doirasida bizning vakilimiz sun’iy intellekt va machine learning O‘zbekistonda joriy etilishi va ishlatilishi mavzusida panel sessiyasida nutq so‘zladi. Ekspertlar sun’iy intellekt moliya sektorini qanday o‘zgartirishi va ushbu sohada mutaxassislarni o'rgatish uchun qanday qadamlar qo‘yish kerakligini muhokama qildilar.
Forum tajriba almashish va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash uchun ajoyib maydon bo‘ldi, bu esa mamlakatda fintexni rivojlantirishga yordam beradi.