Ma’lumotlar bazasi administratori (DBA)
Условия работы
Vazifalar:
- MS SQL, MySQL, MongoDB va PostgreSQL yuqori yuklangan ma’lumotlar bazalarini boshqarish, joylashtirish va sozlash;
- MBBT ishidagi xatolarni tahlil qilish va bartaraf etish, xatolar, uzilishlar, blokirovkalarni tezkor tahlil qilish;
- MBBT holatini monitoring qilish, ma’lumotlarni to‘plash va muammolarni diagnostika qilish;
- MBning ishlash qobiliyatini yuqori darajadagi qulaylik holatida saqlab turish;
- MBBTning zaxira nusxasini ta’minlash;
- Server dasturiy ta’minoti ishida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda ishtirok etish;
- O‘z mas’uliyati doirasida texnik hujjatlarni ishlab chiqish (axborot texnologiyalari va axborotni himoya qilish sohasidagi normativ hujjatlardan foydalangan holda).
Talablar:
- MS SQL Server, MySQL, MongoDB yoki PostgreSQL ma’lumotlar bazasini boshqarish bo‘yicha 3 yillik tajriba;
- MBBT arxitekturasini ishlab chiqish, yaratish, sozlash va ekspluatatsiya qilishning ekspert darajasi;
- MBBTning buzilishga chidamli konfiguratsiyalarini sozlash va ishlatish tajribasi;
- Ma’lumotlar bazasi xavfsizligi, zaxiralash, tiklash va ma’lumotlar yaxlitligi sohasidagi ishonchli bilimlar;
- Windows Server va *nix operatsion tizimlari bilan ishlash tajribasi - OT arxitekturasini bilish (xotira, jarayonlar, kiritish-chiqarish tizimi, disk osti tizimi);
- MS SQL Server, MySQL, MongoDB yoki PostgreSQL MBBT unumdorligini optimallashtirish va sozlash bo‘yicha ekspert tajribasi;
- SQL/T-SQL/pgSQL MB skriptlarini yozish tajribasi;
- Skript tillaridan birida (PowerShell, Bash, Python yoki boshqalar) skript yozish qobiliyati;
- Versiyalarni nazorat qilish tizimlari (Git) bilan ishlash qobiliyati;
- MB migratsiya vositalarini bilish (Liquibase, Flyway yoki analoglari).
Bizlar nima taklif etamiz:
- Ish tartibi: haftasiga 5 kun, soat 09:00 dan 18:00 gacha;
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtirish, 28 kalendar kun ta’til berish;
- Qat’iy kiyinish qoidalarining yo‘qligi - biz davlat tashkilotlari haqidagi stereotiplarni yo‘q qilishga intilamiz;
- Bilim va tajriba almashishga tayyor bo‘lgan kuchli professionallar jamoasida ishlash;
- Mamlakatning yetakchi korxonalarida aholi hayotini yaxshilash uchun xizmatlarni yaratish va biznes jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan yirik va muhim loyihalarda ishtirok etish;
- Mustaqil qarorlar qabul qilish va kompaniya rivojiga faol ta’sir ko‘rsatish uchun keng imkoniyatlar.
Заинтересованы в вакансии?
Перед откликом на вакансию, обязательно ознакомьтесь с обязанностями и условиями работы