Brend Menejer
Условия работы
Yagona integrator UZINFOCOM xalqaro miqyosda tashabbuslarimizni ilgari surish va kompaniya pozitsiyasini mahalliy bozorda mustahkamlash bilan bogʻliq yirik loyihalar uchun iste’dodli va tajribali brend-menejerni qidirmoqda!
Vazifalar:
-
Biometrik identifikatsiya loyihasini xorijiy bozorlarda ilgari surish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, shu jumladan internet va ijtimoiy tarmoqlarda (Google Ads, Meta, LinkedIn va boshqalar) faol reklama kampaniyalari yuritish;
-
Tegishli platformalar va forumlardagi ishtirokni boshqarish, marketing faoliyatining samaradorligini tahlil qilish va zarur hollarda tezkor tuzatishlar kiritish;
-
UZINFOCOM mahsulotlarini mahalliy bozorda brendlash bo‘yicha marketing strategiyasini yaratish va nazorat qilish, bu borada differensiallashuv va qadriyatga urg‘u berish;
-
Ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent-rejani rivojlantirish, OAV, ta’sir ko‘rsatuvchilar va hamkorlar bilan hamkorlik qilish, PR kampaniyalarini o‘tkazish va kompaniya imijini mustahkamlash uchun soha tadbirlarida ishtirok etish.
Talablar:
-
Marketing va brend-menejment sohasida kamida 3 yillik tajriba;
-
Rus va o‘zbek tillarini erkin bilish shart; ingliz tilini Upper-Intermediate va undan yuqori darajada bilish afzallik bo‘ladi;
-
Fikrni aniq ifoda eta olish va savodli yozish (matnlar, briflar, texnik topshiriqlar va hisobotlar);
-
Raqamli mahsulotlarni xalqaro bozorlarda muvaffaqiyatli ilgari surish tajribasi;
-
Zamonaviy digital-marketing, kontent-menejment va SMM vositalarini bilish;
-
Tahliliy vositalarni (Google Analytics, Yandex Ads, SimilarWeb, Ahrefs va boshqalar) bilish va asosli qarorlar qabul qila olish;
-
Google, Meta, LinkedIn reklama kabinetlari bilan ishlash tajribasi;
-
Rivojlangan kommunikatsiya ko‘nikmalari, kreativ fikrlash va strategik yondashuv.
Bizlar taklif etamiz:
-
Ish grafigi: haftasiga 5 kun, 09:00 dan 18:00 gacha;
-
O‘zbekiston Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtirish, 28 kalendar kunlik ta’til;
-
Qattiq kiyinish qoidalari yo‘q — biz davlat tashkilotlari haqidagi stereotiplarni buzmoqchimiz;
-
Bilim va tajriba bilan o‘rtoqlashishga tayyor professionallar jamoasida ishlash;
-
Aholining hayotini yaxshilash va mamlakatning yetakchi korxonalarida biznes-jarayonlarni optimallashtirishga qaratilgan yirik va muhim loyihalarda ishtirok etish;
-
Mustaqil qarorlar qabul qilish va kompaniya rivojiga faol ta’sir ko‘rsatish imkoniyati.
Yangi cho‘qqilarga birga erishish uchun sizni jamoamizda kutamiz!
Заинтересованы в вакансии?
Перед откликом на вакансию, обязательно ознакомьтесь с обязанностями и условиями работы